Tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek, tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverenitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. (Davomi...) Yaxshi maqola
Appenditsit — appendiks, yaʼni koʻrichak chuvalchangsimon oʻsimtasining nospetsifik yalligʻlanishli kasalligi. Kasallik belgilari odatda qorinning pastki oʻng tomonida ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, ogʻiz qurishi va ishtahaning pasayishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Biroq, taxminan 40% holatlarda bunday tipik belgilar paydo boʻlmasligi ham mumkin. Apendiks yorilishi ogʻir asoratlar: qorin parda ichki qavatining keng, tarqalgan, ogʻriqli yalligʻlanishi va sepsisga olib kelishi mumkin. Appenditsit appendiks ichki boʻshligʻining tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Ushbu tiqilib qolish appendiksdagi bosimning oshishiga, toʻqimalarida qon oqimining pasayishiga va yalligʻlanishni keltirib chiqaradigan appendiks ichidagi bakteriyalarning koʻpayishiga olib keladi. Agar bu jarayon davolanmasa, appendiks yorilib, qorin boʻshligʻiga bakteriyalar chiqib ketishi mumkin va bu jarayon asoratlarning kuchayishiga olib keladi. Appenditsit tashxisi asosan bemorlardagi klinik belgilarga qarab qoʻyiladi. Bundan tashqari, bemorlarni aktiv kuzatish, obyektiv, laboratoriya va instrumental tekshiruvlarni oʻtkazish ham yaxshi samara beradi. Instrumental tekshiruvlardan appenditsit kasalligida keng qoʻllaniladiganlari ultratovush va kompyuter tomografiyasidir. (Davomi...)
Xushsifat maqola
Amudaryo katta kurakburuni yoki qilquyruq (Pseudoscaphirhynchus kaufmanni) — bakralar oilasiga (Acipenseridae) mansub butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan, Amudaryoning endemik relikt turi. Oʻzbekiston va Turkmanistonda Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida uchraydi. Afgʻoniston va Tojikistonda ham uchrashi taxmin qilinadi. Asosan daryoning nisbatan sayoz, osti qumli va loyqa suvlarida uchraydi. Ushbu tur Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich von Kaufman sharafiga nomlangan. Amudaryo katta kurakburuni boshqa bakralar ichida nisbatan kichik baliq boʻlsa ham, Pseudoscaphirhynchus urugʻi vakillari ichida eng yirigi hisoblanadi. Uzunligi xivchinga oʻxshash ingichka dumi bilan birgalikda 85 sm gacha, ogʻirligi 2 kg gacha yetadi. Dum suzgichining yuqori uchi ingichka, uzun xivchinga aylangan. Shu belgisi bilan boshqa urugʻdoshlaridan farq qiladi. Tumshugʻi keng, uning uchida va yon tomonida 1-9 ta oʻtkir uchli tikanlari bor. Koʻzlarining oraligʻi va ensa qismida ham ana shunday 2 tadan oʻtkir tikanlar boʻladi. Ogʻzi boshining pastki qismida joylashgan, keng, moʻylovlari silliq. Koʻzlari mayda. Choʻgirlari soni orqa tomonida 10-15 ta, yon tomonida 28-40 ta, qorin tomonida 5-11 ta atrofida boʻladi. (Davomi...)
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun7-oktabr
Tanlangan tasvir |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
| |
MediaWiki Viki dasturlash |
|
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
|
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
| |
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
|
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
|
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
| |
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
|
Vikimanba Ochiq kutubxona |
|
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
| |
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola